YANGI QONUNNING MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI

Qurilish Vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > YANGI QONUNNING MAZMUN-MOHIYATI TUSHUNTIRILDI
Avg 17, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi mutaxassislari hamda vazirlik masʼullari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi.

➡️Bugun olib borilayotgan islohotlarining bosh tamoyili ”Inson-jamiyat-davlat” gʻoyasi asosida ekan, bu jarayonlar qonunchilikda ham huquqiy jihatdan mustahkamlab qoʻyilayotgani eʼtirofga molik. Xususan, Qurilish vazirligida oʻtkazilgan seminarda ham ana shu fikrlar ilgari surildi. Taʼkidlandiki, “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni 10 ta bob va 64 ta moddadan iborat boʻlib, ushbu hujjat asosida Oʻzbekistonda ijro hokimiyati funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat xizmati organlari va tashkilotlaridagi 118 mingdan ortiq davlat fuqarolik xizmatchilarining faoliyati bilan bogʻliq barcha munosabatlar yagona qonun bilan tartibga solinmoqda.

📎Muloqotlarda barcha tashkilotlarning vakant lavozimlari ochiq yagona elektron platformaga joylashtirilishi, davlat idoralariga ishga kirishda ochiq-oshkora tanlov orqali qabul qilinishi, kadrlar bilan ishlash jarayoni elektron tizimga oʻtkazilishi alohida qayd etildi. 🔴“Hozirgi kunda talab etilayotgan 16 hujjatning soʻralmasligi, davlat tashkilotlarida salohiyatli kadrlar koʻpayishi va byurokratiyani yoʻq qilishga zamin yaratadi”, – deyildi seminarda. Shuningdek, qonun bilan davlat fuqarolik xizmati sohasidagi munosabatlar tartibga solinib, bunda davlat organlarining asosiy vazifa hamda vakolatlari va davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqiy maqomi, vakolatlari, huquq hamda majburiyatlari, ularni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish, shuningdek, xizmatni oʻtash bilan bogʻliq cheklovlar bilan bir qatorda boshqa vazifalar belgilandi.

▶️ Jumladan, davlat fuqarolik xizmatida qonuniylik, adolatlilik, xalqqa xizmat qilish tartibi, davlat organlarining va mansabdor shaxslarning jamiyat hamda fuqarolar oldida masʼulligi, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi, ochiqlik, shaffoflik, xolislik, professionallik va kompetentlik tamoyillari mazkur hujjat bilan qatʼiy belgilab qoʻyilgan. Bundan tashqari davlat xizmatiga kirishda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining teng huquqliligi qonunda oʻz aksini topgan.

🟢Shuni alohida taʼkidlab oʻtish joizki, davlat fuqarolik xizmatchisining kasbiy kompetensiyasini uzluksiz oshirish tartibi qonun asosida belgilab berilishi bu davlat organlarida faoliyat olib borayotgan xizmatchilarning professional mutaxassis boʻlishiga katta zamin yaratadi.

⚡️Seminar muhokama va savol-javoblarga boy boʻldi. Tashkilotchilar ushbu qonunning dolzarbligi, mohiyati va ahamiyatini misollarda izohlab berdilar.