• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Yangi qurilayotgan uy-joy komplekslari orasida quruvchi kompaniyalar hisobidan qo‘shimcha maktab ham qurib beriladi!

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Yangi qurilayotgan uy-joy komplekslari orasida quruvchi kompaniyalar hisobidan qo‘shimcha maktab ham qurib beriladi!
Fev 15, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

O‘tgan yili Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Temur Malik va Do‘rmon yo‘llari kesishmasidagi uy-joy komplekslariga Prezidentimiz tashriflari vaqtida yangi kompleksga maktab zarurligi sababli, quruvchi kompaniya tomonidan davlat maktabi ham qurib beriladigan bo‘lgan. Hozirgi kunda esa yangi 990 o‘rinli zamonaviy maktab bitmoqda.

Davlat dasturi muhokamasidagi videoselektorda ushbu ijobiy tajribani barcha hududlardagi yangi qurilayotgan uy-joy komplekslariga keng joriy etish bo‘yicha Prezidentimiz tomonidan hududlar rahbarlariga qo‘shimcha topshiriq berilgan. Ya’ni, har bir yangi quriladigan xonadonga taxminan 1,5 o‘quvchi o‘rnini hisobini olib, davlat maktabi qurib berish kerak bo‘ladi. Shunda tijorat maqsadlarida 1000 ta kvartirali kompleks qurilsa, 1500 o‘rinli davlat maktabi ham qurib topshiriladi.