• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Yangi Toshkentni birgalikda quramiz!!!

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Fotolavhalar > Yangi Toshkentni birgalikda quramiz!!!
Dekabr 12, 2022 Posted by: tested Fotolavhalar Yangiliklar

☑️ ”Yangi Toshkent me’moriy qiyofasi” tanloviga start berilgan edi. Bugun ”ToshkentboshplanLITI” da ushbu tanlovni o‘tkazish bosqichlari, yo‘nalishlari, tanlovda ishtirok etish shartlari bo‘yicha ishtirokchilarga tushuntirish berildi.

🫥 Loyihachilardan TARIX, TURIZM va TEXNOLOGIYA yo‘nalishlarining mavzusi va funksiyalaridan kelib chiqib, Uchinchi renessans g‘oyasiga munosib betakror loyihalarni ishlab chiqish talab etilmoqda.

✅ Eng munosiblarga taqdim etiluvchi super qiymatdagi mukofotlar:

📣Har bir yo‘nalish bo‘yicha:
1-o‘ringa – 1 mlrd. so‘m miqdorida
2-o‘ringa – 300 mln. so‘m miqdorida
3-o‘ringa – 100 mln. so‘m miqdorida
Maxsus o‘rin egalariga 50 million so‘mdan pul mukofotlari topshiriladi.

📆 Tanlovda ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni: 2022-yilning 15-dekabri.

📝 Tanlovda ishtirok etish shartlari bilan hayotlab@boshplan.uz elektron pochta manzili orqali batafsil tanishishingiz mumkin.