Yangi xonadon sotib olmoqchimisiz? Sizda ushbu uy haqida maʼlumot yoʻqmi? Unda biz sizga yordam beramiz

Qurilish Vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Yangi xonadon sotib olmoqchimisiz? Sizda ushbu uy haqida maʼlumot yoʻqmi? Unda biz sizga yordam beramiz
Iyun 1, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

🏗Soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda koʻp qavatli uylar qurilishi keskin koʻpaydi. Afsuski, noqonuniy qurilish qilayotgan tadbirkorlar va yangi koʻp kvartirali uy quraman deb fuqarolar ishonchiga kirib, aldov yoʻli bilan ularning pulini olishni maqsad qilganlar ham tez-tez uchramoqda.

Qurilishi hali bitmagan yoki umuman boshlanmagan uylardan kvartira sotib olishda nimalarga eʼtibor berish kerak.

➡️Oʻzbekistonda ulush kiritish asosidagi uy-joy qurilishlari koʻpayib boryapti. Bu borada xaridorlar bilishi kerak boʻlgan ayrim nozik jihatlar bor. Uy sotib olayotgan fuqaro uyni Qurilish vazirligining elektron platformasidan roʻyxatdan oʻtgan yoki oʻtmaganligini tekshirishi kerak. Buning uchun fuqaro https://mc.uz/ulushdor/ havolasi orqali qurilayotgan uyning roʻyxatdan oʻtganligini tekshirishi lozim. Bu havola orqali hamma uchun ochiq boʻlgan majmua va quruvchi tashkilot nomi manzili hamda boshqa maʼlumotlarni olishi mumkin.

Qurilish tashkilotlari qay tartibda roʻyxatdan oʻtkaziladi?

🟢Qurilish tashkiloti qurilayotgan uyning maʼlumotlarini elektron tartibda platformaga yuklaydi va vakolatli organтing masʼul xodimi maʼlumotlarni koʻrib chiqadi hamda 3 ish kunida roʻyxatdan oʻtkaziladi. Agar barcha hujjatlari toʻliq boʻlsa, bir kunda koʻrib chiqilib roʻyxatdan oʻtkazish imkoni mavjud.

🔴Bunda quruvchining Qarorda belgilangan tartibda qurilishni boshlashiga asos boʻluvchi va beshta talabga javob berishi kerak boʻlgan hujjatlari joylashtiriladi.

Ushbu qarorga asosan tashkil etilgan elektron platforma koʻp kvartirali uylarni ulush kiritish asosida qurish bozorini tartibga solish, uy xarid qilayotgan fuqarolarni maksimal darajada risklardan himoyalash maqsadida ishga tushirilgan. Roʻyxatdan oʻtgan qurilish tashkilotlari yuqorida koʻrsatilgan talablarga asosan qurilish jarayonini olib borayotgan boʻladi.

Shuni yodda tuting! Fuqarolar mablagʻlarini qurilish ishlariga jalb qilayotgan qurilish tashkilotlari elektron platforma roʻyxatidan oʻtishi shart! Roʻyxatdan oʻtmasdan turib qurilish ishlariga fuqarolarning mablagʻlarini jalb qilish mumkin emas! Elektron platformadan roʻyxatdan oʻtmagan qurilish tashkilotlari, oʻzlari qurayotgan koʻp qavatli turar-joy majmuasini reklama qilishi hamda ulushdorning mablagʻlarini qurilishga jalb qilishi mumkin emas!

🏗Qurilish ishlari tugallangan uylar egalariga topshirilgandan keyin kamida 2 yil davomida qurilish obyekti ekspluatatsiyasining kafolat muddatini amalga oshirib borishi lozim.

Qarorga asosan ulushdor fuqarolar quyidagilarga:

Yaʼni
– qurilish obyektidagi qurilish ishlari holati bilan tanishishga;
– shartnoma shartlari bajarilishi boʻyicha quruvchidan yozma shaklda maʼlumot talab qilishga;
– qurilish obyektlarini qurish ustidan texnik, shuningdek, mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi ustidan nazoratni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yuridik shaxslarni yoki mutaxassislarni jalb qilish orqali amalga oshirishga haqlidirlar.

✔️Qurilish ustidan davlat nazorati Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan amalga oshirib boriladi.

Shu oʻrinda, koʻp kvartirali uy-joylarni ulush kiritish asosida qurayotgan qurilish pudrat tashkilotlaridan, yuqoridagi qarorga asosan faoliyat olib borishlarini soʻrab qolamiz.