info@mc.uz
• Ishonch telefoni: 1298 •
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Yig'ma axborot-tahlil boshqarmasi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yig’ma axborot-tahlil boshqarmasi

BOSHQARMA FAOLIYATINING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI:

— 2015 — 2019 yillarda iqtisodiyotni yanada isloh qilish, tarkibiy oʻzgartirish va diversifikatsiyalash dasturiga muvofiq kapital qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;

— kapital qurilishda, muhim xalq xoʻjaligi obʼektlari qurilishida, shu jumladan ijtimoiy soha, uy-joy va infratuzilma obʼektlari qurilishida pudrat ishlarini tashkil etish sohasida monitoringni taʼminlash hamda holat va vaziyatni tahlil qilish;

— qurilish kompleksini boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, kapital qurilishda boshqaruv tizimiga va xoʻjalik munosabatlariga bozor printsiplari va mexanizmlarini keng joriy etish, qurilish sohasida xususiy va kichik tadbirkorlikni, bozor infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

— Qishloq joylarda namunaviy loyihalar boʻyicha yakka tartibda uy-joy, tashqi muhandislik tarmoqlari va infratuzilma obʼektlarini qurish dasturini amalga oshirish ishlarini muvofiqlashtirish;

— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Montaj va maxsus qurilish ishlarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014 yil 27 fevraldagi PQ-2136-son qaroriga muvofiq innovatsiya texnologiyalarini va montajning ilgʻor tizimlarini joriy etish, shuningdek ixtisoslashtirilgan qurilish-montaj ishlarini industriyalashtirish va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash asosida ularni tashkil etishni takomillashtirish yoʻli bilan maxsus va montaj ishlarini tashkil etish darajasini oshirishga doir chora-tadbirlarning bajarilishini tahlil qilish;

— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014 yil 3 martdagi PQ-2137-son qaroriga muvofiq Yirik ixtisoslashtirilgan qurilish pudrat tashkilotlarini shakllantirish dasturini amalga oshirish hamda Qurilish-pudrat tashkilotlarining reyestrini yuritish ishlarini muvofiqlashtirish;

— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019 yillarda muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiyalash dasturi toʻgʻrisida” 2015 yil 6 martdagi PQ-2313-son qaroriga muvofiq muhandislik-kommunikatsiya va yoʻl-transport infratuzilmasi obʼektlarining loyiha hujjatlari ishlab chiqilishini va qurilish-montaj ishlari amalga oshirilishini tizimli va kompleks oʻrganilishini tashkil etish;

— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015 yil 15 maydagi PF-4725-son Farmoniga muvofiq kapital qurilish va arxitektura sohasida Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni taʼminlash, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etish chora-tadbirlari dasturi amalga oshirilishi monitoringini taʼminlash va tahlil qilish;