• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Yolg‘iz keksalarga yangi "Saxovat" uyi qurib beriladi

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Yolg‘iz keksalarga yangi “Saxovat” uyi qurib beriladi
Fev 19, 2021 Posted by: tested Yangiliklar

Yurtboshimiz 14 nafar qariya yashayotgan “Saxovat” uyiga ham bordi va nuroniylar bilan suhbatlashdi. Bino avval paxta tozalash zavodining dala hovlisi bo‘lgan. Internat uyi 50 o‘ringa mo‘ljallangan. 14 nafar qariyani Farg‘onaga ko‘chiramiz deyishgach, ular rozi bo‘lmagan va Prezidentga maktub yo‘llashgan.

Shavkat Mirziyoyev:

– Menga O‘zbekistonning har bir fuqarosi birdek qadrli. Sizlarga sog‘liq va uzoq umr tilayman. Bugun juda og‘ir kun bo‘ldi, ko‘p masalalarni muhokama qildik. Samolyotga o‘tirib, qaytish oldidan ko‘nglimdan sizlar o‘tdingiz. O‘z ko‘zim bilan ko‘rib, uzoq yillik muammoni hal qilmasak bo‘lmasdi. Menga “Saxovat” uylariga ehtiyoji bo‘lgan nuroniylardan juda ko‘p xatlar keladi. Shularni inobatga olib, ijtimoiy himoyani kuchaytiramiz. 4 oy ichida Namangan shahrida “Saxovat” uyi uchun yangi bino qurib beriladi. Sizlar munosib sharoitlarda yashaysiz, davolanasiz. Hammangiz yangi binoga ko‘chib o‘tganingizda, albatta, sizlarga maqbul bo‘ldimi-yo‘qmi, albatta, menga xabar bering.