Oliy oʻquv yurtlari, Prezident maktablari va boshqa oʻquv muassasalariga imtihon topshiruvchilar uchun yanada qulaylik yaratish maqsadida Namangan shahrining Davlatobod tumanidagi “Yuksalish” massivida Test markazi viloyat boʻlimi uchun yangi bino qurilmoqda. Ushbu obyektga ikki gektar maydon ajratilgan. Hozirda ming oʻrinli pavilion qurilishi olib borilmoqda. Uning yaqinida maʼmuriy bino ham qad koʻtaradi.
Kelgusida yangi oʻquv yili abituriyentlari shu yerda test sinovlaridan oʻtishlari rejalashtirilgan.