• Ishonch telefoni/Телефон доверия: 1298
info@mc.uz
QURILISH SOHASIDA LITSENZIYALASHTIRISH

Yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chog‘idagi majburiyatlari qanday?

Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi > Yangiliklar > Yangiliklar > Yuridik va jismoniy shaxslarning shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish chog‘idagi majburiyatlari qanday?
Iyun 2, 2022 Posted by: tested Yangiliklar

❗️Shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yuridik va jismoniy shaxslarning majburiyatlari:

📌 aholining qulay yashash sharoitiga halaqit bermasligi;

📌 shaharsozlik hujjatlariga, aholi punktlarini va hududlarni qurish qoidalariga rioya etilishini ta’minlashi;

📌atrof-muhit himoyasi, ekologik xavfsizligi, yong‘inga qarshi hamda sanitariya qoidalari va gigiyena normalariga rioya etishi;

📌 atrof-muhitga, madaniy meros obyektlariga, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalar obyektlariga, hududlarni obodonlashtirish obyektlariga zararli ta’sir etadigan, uchinchi shaxslarning qonuniy manfaatlariga daxl etadigan hamda chegaradosh yer uchastkalari, reklama va axborot obyektlari hamda boshqa ko‘chmas mulk obyektlari egalarining yoki ulardan foydalanuvchilarning huquqlari amalga oshirilishiga monelik qiladigan hatti-harakatlar sodir etmasligi;

📌 shaharsozlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organlarining ko‘rsatmalarini bajarishi;

📌 maxsus vakolatli davlat organiga hamda obyektlarni texnik inventarizatsiyadan o‘tkazuvchi tashkilotlarga o‘zlariga tegishli obyektlardagi o‘zgarishlar haqida ishonchli ma’lumotlar taqdim etib borishi;

📌 shaharsozlik hujjatlari materiallarini shaharsozlik faoliyati sohasidagi maxsus vakolatli davlat organining tegishli hududiy bo‘linmalariga taqdim etishi shart hisoblanadi.