Joriy yilning 15-aprel kuni Qurilish vazirligi binosida Germaniya-Avstriya ishbilarmon guruhi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Germaniyaning «OPASCA GmbH» kompaniyasi bilan birgalikda Toshkent viloyatida zamonaviy onkologik klinikani yaratish loyihasi muhokama qilindi.
Guruh rahbari va «OPASCA GmbH» bosh direktori Aleksey Sverdlov loyihani namoyish etdi va ish boshlanishi haqida ma’lumot berdi.