Navoiy viloyatining Zarafshon shahrida “Umid” nomli ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim tashkiloti bolajonlar ixtiyoriga topshirildi.
Bogʻchaning qurilishiga 30 mlrd. soʻm mablagʻ sarf qilindi. Keng va yorugʻ xonalarda barcha sharoitlar yaratilgan. Futbol maydoni, suzish havzasi, sunʼiy qoplamali bolalar maydonchasi, yugurish yoʻlaklari – bularning barchasi bolalarning sogʻlom kamolga yetishlari yoʻlida qilingan ezgu saʼy harakatdir.
Qariyb 90 oʻrinli mazkur maktabgacha taʼlim tashkiloti viloyatning olis va choʻl hududlari, Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlaridagi imkoniyati cheklangan bolalarni oʻqitish va tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.