Navoiy viloyati Zarafshon shahridagi ko’p qavatli uylarga quyosh panellari o’rnatilmoqda. Xususan, “Zar-karvon 2022“, “Asadbek Zar-2022“, “Zar-Namuna” BSK boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan shahardagi 7-kichik tuman 21-son, 1-kichik tuman 16-son hamda Navro’z” MFY 77-son ko’p kvartirali uylarning tom qismida 5 kVt lik panellar o’rnatildi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunga qadar Zarafshon shahrida 20 kVt quyosh panellari o’rnatilib, bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.