UZ
RU
Министерство строительства и жилищно-коммунального хозяйства
Республики Узбекистан
Ишонч телефони
1298
Электронный адрес
info@mc.uz
Сайт харитаси

Лицензирование деятельности по разработке архитектурно-градостроительной документации

ARXITEKTURA-SHAHARSOZLIK HUJJATLARINI ISHLAB CHIQISH FAOLIYATINI LITSENZIYALASH

 

Litsenziya olish uchun zarur bo‘lgan hujjatlar:

  1. ariza;
    arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi: yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning pochta manzili, faoliyatni amalga oshirish joyi, bank muassasasining nomi va bank hisobvarag‘i, telefon raqami, STIR, elektron pochta manzili (agar mavjud bo‘lsa), litsenziya toifalari bo‘yicha tanlash, ariza to‘ldirish sababi (yangi litsenziya olish, qayta rasmiylashtirish), litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga rioya qilishga roziligi;
  2. soha bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lgan bosh muhandislar va loyiha arxitektorlari, bosh hamda yetakchi mutaxassislar diplomlari ma’lumotlari;
  3. litsenziya talabgori III toifadagi obyektlarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatiga litsenziyani olish uchun qo‘shimcha ravishda o‘ntadan kam bo‘lmagan obyektni loyihalash bo‘yicha jami bajarilgan ishlarning ro‘yxatini, ular yuzasidan mazkur sohada tegishli vakolatga ega bo‘lgan ekspertiza organlari bergan xulosalar nusxalarini hamda ushbu obyektlar bo‘yicha mualliflik nazorati daftarlarini taqdim etishi lozim.

Litsenziyalovchi organ litsenziat xodimlarining mehnat daftarchalari haqidagi ma’lumotni “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksidan o‘zi mustaqil oladi.

Litsenziya talablari va shartlari:

  • shaharsozlik, mehnatni muhofaza qilish, tabiatni muhofaza qilish, yer osti boyliklari to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari, tegishli davlat standartlari, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga majburiy rioya etish
  • yuridik shaxs shtatida tegishli maxsus kasb ma’lumotiga, litsenziyalanadigan faoliyat bo‘yicha kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan mutaxassisning (muhandislik malaka sertifikatga ega bo‘lgan loyihaning bosh muhandislari va bosh arxitektorlari, konstruktorlar, texnologlar) va muhandislik asbob-uskunalari, tarmoqlar va tizimlarning mavjud bo‘lishi.
  • qonunchilik hujjatlari, davlat standartlari hamda shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga majburiy rioya etish;
  • yuridik shaxsning shtatida quyidagi mutaxassislarning mavjud bo‘lishi:
  • obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatori bo‘yicha I toifadagi obyektlar uchun — kamida 5 nafar mutaxassis, shu jumladan, direktor va loyiha bosh muhandisi asosiy ish joyi bo‘yicha, qolgan 3 nafari asosiy ish joyi bo‘yicha yoki o‘rindoshlik asosida ishlashi;
  • obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatori bo‘yicha II toifadagi obyektlar uchun — kamida 10 nafar mutaxassis, shu jumladan, direktor, kamida 2 nafar loyiha bosh muhandisi, 1 nafar loyiha bosh arxitektori va 1 nafar arxitektor asosiy ish joyi bo‘yicha, qolgan 5 nafar mutaxassis asosiy ish joyi bo‘yicha yoki o‘rindoshlik asosida ishlashi;
  • obyektlarning murakkablik toifalari klassifikatori bo‘yicha III toifadagi obyektlar uchun — kamida 15 nafar mutaxassis, shu jumladan, direktor, kamida 3 nafar loyiha bosh muhandisi, 1 nafar loyiha bosh arxitektori va 3 nafar arxitektorlar asosiy ish joyi bo‘yicha, qolgan 7 nafar mutaxassis asosiy ish joyi bo‘yicha yoki o‘rindoshlik asosida ishlashi;
  • III toifadagi obyektlarning arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish faoliyatiga litsenziyani olish uchun litsenziya talabgorining kamida bir yil mobaynida faoliyat yuritganligi hamda o‘ntadan kam bo‘lmagan obyektni loyihalash bo‘yicha jami bajarilgan ishlarning ro‘yxati mavjud bo‘lishi;
  • litsenziyalovchi organ tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladigan ishlab chiqilayotgan arxitektura-shaharsozlik hujjatlari sifatini nazorat qilish tizimining, shuningdek, belgilangan hollarda mualliflik nazorati hujjatlarining mavjud bo‘lishi shart.

 

ARIZANI KO‘RIB CHIQISH MUDDATI: 7 KUN

 

ARIZANI KO‘RIB CHIQISH UCHUN TO‘LANADIGAN YIG‘IM MIQDORI: 3 BHM (bazaviy hisoblash miqdori)

 

Me’yoriy hujjatga havola: https://lex.uz/uz/docs/-5870213

Litsenziyalovchi organ

Qurilish vazirligi

 

Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik shaxslar

 

Litsenziya davomiyligi: cheklanmagan