UZ
RU
O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi
Ishonch telefoni
1298
Elektron manzil
info@mc.uz
Sayt xaritasi

O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy
kommunal xo'jaligi vazirligi

Interaktiv xizmatlar

Savol-javob

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 31 martdagi Muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida gi 256-son qarorida belgilangan parametrlar asosida:
1. Isteʼmolchi suv taʼminoti va suvni chiqarib tashlash tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat qilish yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tishi va Davlat xizmatini ko‘rsatish uchun yig‘im to‘lashi kerak.
2. Davlat xizmatlari markazi (1 soat mobaynida) yoki Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portali (avtomatik tarzda) texnik shartlarni ishlab chiqish uchun so‘rovnomani suv quvurlari va kanalizatsiya xo‘jaligi tashkiloti yuborishi kerak.
3. Suv quvurlari va kanalizatsiya xo‘jaligi tashkiloti tashkiloti 3 ish kuni mobaynida texnik shartlarni ishlab chiqishi va Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etganda) yoki isteʼmolchiga Yagona interaktiv Davlat xizmatlari portali orqali (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) yuborishi kerak.
4. Suv quvurlari va kanalizatsiya xo‘jaligi tashkiloti tashkiloti loyihalash va qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish bo‘yicha o‘zining tijorat takliflarini va shartnomalar loyihalarini berish huquqiga ega.

Ichimlik suvi tarmog‘idagi avariya xolatlari bo‘yicha “O‘zsuvtaʼminot” AJning qisqa aloqa markazi “1255” va telegramdagi Dispetcher 24/7 SUV va https://t.me/uzsuv_chat- “O‘zsuvtaʼminot” AJ ga murojaat qilish kerak.

Shirkat boshqaruvining vakolatlariga quyidagilar kiradi: shirkat aʼzolarining umumiy yig‘ilishini chaqirish va uni o‘tkazishni tashkil etish; umumiy mol-mulkni, yer uchastkasini va shirkatning mol-mulkini saqlashga doir ishlar rejasining loyihasini hamda uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tuzish; shirkatning yillik daromadlar va xarajatlar smetasi loyihasini hamda uning ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni tuzish; shirkat ustavi talablarining va shirkat aʼzolari umumiy yig‘ilishi qarorlarining bajarilishini taʼminlash; umumiy mol-mulkka hamda shirkatning mol-mulkiga xizmat ko‘rsatish va uni taʼmirlash uchun tanlov asosida pudratchilarni tanlash; tanlov g‘olibi bilan umumiy mol-mulkni va shirkatning mol-mulkini saqlash, unga xizmat ko‘rsatish hamda uni taʼmirlash uchun shartnomalar tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilish; umumiy mol-mulkning, yer uchastkasining va shirkat mol-mulkining asralishi hamda saqlanishi ustidan nazorat qilish; shirkatning asbob-uskunalarini, anjomlarini va boshqa moddiy qimmatliklarini olish hamda sotish, topshirish, ayirboshlash, ijaraga berish, shuningdek ularni shirkatning balansidan chiqarish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish; shirkat aʼzolarining arizalari va shikoyatlarini ko‘rib chiqish; ish yuritish, buxgalteriya hisobini va hisobotini yuritish, mablag‘larning tushumi hamda sarflanishi hisobini shirkatdagi har bir ko‘p kvartirali uy bo‘yicha alohida-alohida yuritish; shirkat aʼzolarining majburiy badallari to‘liq tushishini tashkil etish va taʼminlash; shirkat aʼzolarining umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlangan shirkatning daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq shirkat mablag‘larini tasarruf etish. Shirkat boshqaruvi shirkat aʼzolari oldida quyidagilar uchun javobgardir: umumiy mol-mulkka xizmat ko‘rsatish va uni taʼmirlash ishlarining tuzilgan shartnomalarga muvofiq tanlov asosida tashkil etilishi; muhandislik tarmoqlariga va boshqa umumiy mol-mulkka xizmat ko‘rsatishning lozim darajadagi sifati taʼminlanishi; taʼmirlash ishlarini belgilangan normalar va talablarga muvofiq sifatli bo‘lishi hamda o‘z vaqtida o‘tkazilishi; shirkat mablag‘laridan umumiy mol-mulkni saqlash va taʼmirlash uchun belgilangan maqsadda foydalanilishi; umumiy foydalanishdagi joylarning va ko‘p kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarining lozim darajadagi sanitariya holati, ularning obodonlashtirilishi. Shirkat boshqaruvi muntazam ravishda, biroq uch oyda kamida bir marta umumiy mol-mulkni saqlash bo‘yicha ishlar rejalarining bajarilishi, amalga oshirilgan va rejalashtirilayotgan xarajatlar, majburiy badallarni yig‘ish, tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar (foyda) to‘g‘risida shirkat aʼzolari oldida hisobot beradi. Hisobotni taqdim etish shakli shirkatning barcha aʼzolari uchun hisobotdan foydalanish imkoniyatini taʼminlashi kerak va u shirkat aʼzolari umumiy yig‘ilishining qarori bilan belgilanadi.

Ko‘p kvartirali uydagi kvartira mulkdori mahalliy davlat hokimiyati organlaridan tegishli ruxsatnoma olmasdan o‘ziga qarashli joyni o‘zboshimchalik bilan qayta qurgan yoki o‘zgartirgan taqdirda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi hamda bu joyni o‘z hisobidan avvalgi holatiga keltirishi shart. Obyektni qayta rejalashtirish (rekonstruksiya qilish) deganda quyidagilar tushuniladi: binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga taʼsir qiluvchi yuk ko‘taruvchi qismlarining o‘zgarishiga olib keladigan hajmi va maydonini o‘zgartirish; binolar va inshootlarning mustahkamligi, zilzilabardoshliligiga taʼsir qiluvchi yuk ko‘taruvchi qismlarini o‘zgartirmasdan hajmi va maydonini o‘zgartirish; bino va inshootlarning dastlabki hajmini saqlab qolgan holda ularning asosiy qismlariga o‘zgartirish kiritish; o‘z yer uchastkasida bir-biriga tutashib ketuvchi va alohida qo‘shimcha bino va inshootlar qurish Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 maydagi 370-son qaroriga 2-ILOVA “Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentiga asosan yuridik va jismoniy shaxslarning (keyingi o‘rinlarda ariza beruvchilar deb ataladi) obyektlarni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish uchun ruxsatnomalar (keyingi o‘rinlarda ruxsatnoma deb ataladi) berish tartibini belgilangan.

Yuridik va jismoniy shaxslarga ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunasini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatish tartibi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 avgustdagi 698-son qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik va jismoniy shaxslarning ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunalarini (hisoblagichni) yechish, qiyoslashdan o‘tkazish va o‘rnatish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamenti” da belgilangan. Unga muvofiq, hisoblagichlarni qiyoslashdan o‘tkazish bo‘yicha Davlat xizmatlari markazlari orqali yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YAIDXP) orqali ko‘rsatiladi. Bunda isteʼmolchi Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YAIDXPda ro‘yxatdan o‘tadi va tegishli anketani to‘ldiradi. Isteʼmolchidan boshqa hujjatlarni talab qilish taʼqiqlanadi. Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun jismoniy shaxslardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 foizi (2021 yil fevral oyidan – 49 000 so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. Hisoblagichlarni yechish, qiyoslashdan o‘tkazish uchun topshirish va qiyoslashdan o‘tkazilgandan keyin o‘rnatish taʼminotchi korxona vakillari tomonidan isteʼmolchi ishtirokida amalga oshiriladi. Taʼminotchi korxona so‘rovnoma kelib tushganidan so‘ng 5 ish kuni ichida isteʼmolchi bilan kelishib, uning ishtirokida tegishli dalolatnomani 2 nusxada tuzgan holda hisobga olish uskunasini yechib oladi. Hisobga olish uskunasini qiyoslashdan o‘tkazish natijasi ijobiy bo‘lgan taqdirda, taʼminotchi korxona tomonidan hisobga olish uskunasi qiyoslashdan o‘tkazilgandan keyin 3 ish kuni ichida isteʼmolchi ishtirokida o‘rnatilib, ikki nusxada hisoblagichni o‘rnatish to‘g‘risidagi dalolatnoma tuzgan holda tamg‘alanadi. Dalolatnomaning bir nusxasi isteʼmolda qoldiriladi. Hisobga olish uskunasini qiyoslashdan o‘tkazish natijasi salbiy bo‘lganda, hisobga olish uskunasi foydalanishga yaroqsiz deb topiladi. Taʼminotchi korxona hisobga olish uskunasini 3 ish kunida taʼmirlash yoki yangisiga almashtirish chorasini ko‘radi. Ichimlik va issiq suvni hisobga olish uskunasini taʼmirlash yoki yangisiga almashtirishga doir sarf-xarajatlar taʼminotchi korxona tomonidan qoplanadi.

STATISTIKA

Ko‘p qavatli uylar
40789
Boshqaruv kompaniyalar soni
812
Shirkatlar soni
117

KOMMUNAL XIZMAT TARIFLARI

Hisoblagich Hisoblagichsiz

HUDUDIY BOSHQARMALAR

ТОШКEНТ ШАҲАР ҚУРИЛИШ ВА УЙ-ЖОЙ КОММУНАЛ ХЎЖАЛИГИ БОШ БОШҚАРМАСИ БОШЛИҒИ
Boshqarma boshlig'i
Режабоев Нодир Шерзод ўғли
Elektron manzil
info@mc.uz
Telefon
(+998 55) 512-10-01 (120)
Qabul kunlari

FOYDALI MANBAALAR