I. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining o‘z kuchini yo‘qotgan hujjatlari:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 26-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasida arxitektura va shahar qurilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-2595-son Farmoni.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 29-apreldagi “Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-847-son qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 3-martdagi “Qurilish tashkilotlarini yanada rivojlantirish va ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2137-son qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi Ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-2899-son qarori.
II. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari:
Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlarini umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik obyektlar jumlasiga kiritish hamda shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlari chegaralarini belgilash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 2-fevraldagi 25-son qarori.
Vazirlar Mahkamasining “Aholi punktlarini kompleks qurishda shaharsozlik normalari va qoidalari qat’iy bajarilishini nazorat qilishni kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2009-yil 12-fevraldagi 41-son qarori.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va Ko‘p xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 2-iyundagi 340-son qarori.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv ta’minoti va suv chiqarish xizmati ko‘rsatish sohasida to‘lov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-noyabrdagi PF-5241-son Farmoni)” 2018-yil 2-iyuldagi 496-son qarori.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, uning tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek, respublika va hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2018-yil 31-iyuldagi 603-son qarori.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 15-avgustdagi PF-5511-son Farmoni hamda “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 13-iyuldagi PQ-3852-son qarori) 2019-yil 16-yanvardagi 36-son qarori.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi punktlarini obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 4-iyundagi PQ-4351-son qarori)” 2019-yil 9-dekabrdagi 978-son qarori.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 24-fevraldagi 108-son qarori
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2020-yil 28-maydagi 343-son qarori.
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi huzuridagi ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2022-yil 10-maydagi 246-son qarori.