UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni

Qadrli ustoz va murabbiylar!

Muhtaram faxriylar!

Avvalo, siz azizlarni, taʼlim-tarbiya sohasining barcha jonkuyar xodimlarini 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etaman.

Dunyodagi eng bebaho boylik – aql-zakovat va ilm, oʻlmas meros – yaxshi tarbiyadir. Sizlar esa dunyodagi eng bebaho boylik va boqiy merosni yaratish, uni xalqimizga, yangi avlodga yetkazish yoʻlida chinakam fidoyilik koʻrsatib mehnat qilayotgan ulugʻ insonlarsiz!

Aziz ustozlar!

Jamiyatimizda bogʻcha tarbiyachisi, maktab muallimi, oliygohlarning professor-oʻqituvchilari va ilmiy-ijodiy ziyolilarni bugun biz intilayotgan Uchinchi Renessansning toʻrt tayanch ustuni deb eʼtirof etilmoqda. Shu jihatdan sizlarning hurmat-eʼtiboringizni oshirish, qadringiz, shaʼningiz va gʻururingizni tiklash, mashaqqatli va sharafli mehnatingizni har taraflama ragʻbatlantirish boʻyicha boshlangan ishlar izchil davom etmoqda. Bu – koʻpni koʻrgan, ustozni otadek ulugʻ deb bilgan donishmand xalq minnatdorligining ifodasidir.

Siz azizlarni qutlugʻ bayramingiz bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt-u saodat, faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, xonadonlaringizga fayz-u baraka tilayman.

Hamisha sogʻ-omon boʻling, aziz ustozlar! 

Hurmat bilan Sherzod Hidoyatov
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri v.b