UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati

Bugun Islom sivilizatsiyasi markazida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi mas'ullari hamda Oʻzbekiston transport, yoʻl va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bilan hamkorlikda bayram tadbiri tashkil etildi. 11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati o'tkazilgan tadbirda Markazda faoliyat olib borayotgan quruvchilar, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti mutasaddilari hamda tegishli Kasaba uyushma a'zolari ishtirok etdilar. 

Soʻnggi yillarda respublikamizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy islohotlar natijasida mehnat va ijtimoiy sohalarda koʻplab oʻzgarishlarga erishildi. Inson huquqlarini taʼminlash, aholi va jamoat birlashmalarining siyosiy faolligini oshirish boʻyicha tizimli ishlar olib borilib, fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida belgilandi. Aholini munosib yashash sharoitlari bilan taʼminlash sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarildi. Bu borada fuqarolarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, inson huquq va manfaatlarini taʼminlashda kasaba uyushmalari ham faol ishtirok etib kelmoqda.

Tadbirda Kasaba uyushmasining respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Bahodir Sultonov so'zga chiqdi:

Yurtboshimiz taʼkidlaganlaridek, jonajon vatanimiz oʻz taraqqiyotining hal qiluvchi bosqichiga kirayotgan, inson qadri, huquq va manfaatlarini taʼminlash barcha sohalarda biz uchun bosh maqsadga aylanayotgan hozirgi paytda hayotning oʻzi butun xalqimiz kabi kasaba uyushmalari oldiga ham ulkan vazifalarni qoʻymoqda, – dedi B.Sultonov.

 Kasaba uyushmasi tashkilotlarining oldida turgan strategik maqsad -  ishlovchi inson va uning oilasiga iqtisodiy erkinlikni taʼminlovchi, inson qadrini kamsitmaydigan sharoitda mehnat qilib rivojlanish, dam olish, sivilizatsiya yutuqlaridan foydalanish imkonini beruvchi munosib ish haqi toʻlanishiga erishish, shuningdek, xodimlarning ish haqi va daromadlarini yuksaltirishga koʻmaklashishdir. Shu maqsadda Oʻzbekiston transport, yoʻl va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi tomonidan  tizimdagi xodimlarning mehnat manfaatlarini himoya qilish, xususan, ijtimoiy sheriklikni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Tarmoq jamoa kelishuvi imzolangan. Hamkorlar tomonidan tarmoq jamoa kelishuvi orqali yaratilgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish – ishlab chiqarish unumdorligining oʻsishiga, xodimlar ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarining taʼminlanishiga hamda mehnat shartlarining takomillashuviga zamin yaratmoqda.

Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida korxonalarda xodimlar bilan ish beruvchilar oʻrtasidagi mehnatga oid munosabatlarni shartnomalar asosida tartibga solish, ijtimoiy sherikchilik tamoyilini rivojlantirish jamoa shartnomasi va kelishuvlari orqali amalga oshirib kelinmoqda, Tarmoq jamoa kelishuvi xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari himoyasini kafolatlab, munosib mehnat sharoitlarini tashkillashtirishini, shuningdek, tarmoq tizimidagi korxona va tashkilotlar uchun dasturilamal hujjat boʻlib xizmat qilayotganini Ijtimoiy sheriklikning eng samarali koʻrinishi, desak arziydi. Bu borada vazirligimiz xodimlariga imkon qadar barcha kerakli sharoitni yaratib, doimo yordam berishga harakat qilib kelyapmiz, - dedi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bo'lim boshlig'i Vagif Mamedov.

Shuningdek, tadbir davomida vazirlik va hamkor tashkilotlar kasaba uyushmalarining faol xodimlariga tashakkurnoma va sovgʻalar taqdim etildi.