11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati
Bugun Islom sivilizatsiyasi markazida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi mas'ullari hamda Oʻzbekiston transport, yoʻl va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi bilan hamkorlikda bayram tadbiri tashkil etildi. 11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati o'tkazilgan tadbirda Markazda faoliyat olib borayotgan quruvchilar, Toshkent arxitektura-qurilish universiteti mutasaddilari hamda tegishli Kasaba uyushma a'zolari ishtirok etdilar.
Tadbirda Kasaba uyushmasining respublika Kengashi raisi o‘rinbosari Bahodir Sultonov so'zga chiqdi:
Yurtboshimiz taʼkidlaganlaridek, jonajon vatanimiz oʻz taraqqiyotining hal qiluvchi bosqichiga kirayotgan, inson qadri, huquq va manfaatlarini taʼminlash barcha sohalarda biz uchun bosh maqsadga aylanayotgan hozirgi paytda hayotning oʻzi butun xalqimiz kabi kasaba uyushmalari oldiga ham ulkan vazifalarni qoʻymoqda, – dedi B.Sultonov.
Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish sharoitida korxonalarda xodimlar bilan ish beruvchilar oʻrtasidagi mehnatga oid munosabatlarni shartnomalar asosida tartibga solish, ijtimoiy sherikchilik tamoyilini rivojlantirish jamoa shartnomasi va kelishuvlari orqali amalga oshirib kelinmoqda, Tarmoq jamoa kelishuvi xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari himoyasini kafolatlab, munosib mehnat sharoitlarini tashkillashtirishini, shuningdek, tarmoq tizimidagi korxona va tashkilotlar uchun dasturilamal hujjat boʻlib xizmat qilayotganini Ijtimoiy sheriklikning eng samarali koʻrinishi, desak arziydi. Bu borada vazirligimiz xodimlariga imkon qadar barcha kerakli sharoitni yaratib, doimo yordam berishga harakat qilib kelyapmiz, - dedi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi bo'lim boshlig'i Vagif Mamedov.
Shuningdek, tadbir davomida vazirlik va hamkor tashkilotlar kasaba uyushmalarining sohada faol ayol xodimlariga tashakkurnoma va sovgʻalar taqdim etildi.