2017–2025-yillarda qurilgan ko‘p qavatli uylar tekshiruvdan o‘tkazildi!
2025-07-14
Respublika ishchi guruhi tomonidan Uchquduq tumanida 2017-yildan 2025-yilgacha qurilgan ko‘p qavatli uylarning zilzilabardoshligi, asosiy konstruksiyalari, yerto‘la, fasad va kirish yo‘laklarining holati o‘rganildi.
Bu ishlar aholi xavfsizligini ta’minlash, qurilish sifatini yanada yaxshilash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Har bir uy – oilaviy baxt maskani! Shu bois, ularning mustahkamligi va xavfsizligi doim e’tibor markazida.