UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlarining yakuniy bosqichi davom etmoqda

2023-2024-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonlarining yakuniy bosqichi davom etmoqda. Zero kuzning quyoshli va iliq kunlaridan unumli foydalanib, oldinda turgan qor-qirovli kunlarga puxta hozirlik ko‘rish Qurilish va uy joy kommunal xo‘jaligi sohasida mehnat qilayotgan har bir xodimdan shuni taqozo etmoqda.

Ayniqsa bugungi kunda mas'ullar tomonidan o‘tkazilayotgan o‘rganishlar jarayonida aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish, kuz-qish oylarida ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qiluvchi aholi xonadonlari va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror issiqlik energiyasi bilan ta’minlash, qor-yomg‘irli kunlarda ko‘p kvartirali uylarning tomidan chakki o‘tmasligini ta’minlash maqsadida boshqaruv servis kompaniyalarida manzilli ishlar amalga oshirilmoqda.