2024-yilda Buxoro "Issiqlik manbai" DUK tarkibidagi 4 ta qozonxonada rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi
Markazlashgan issiqlik ta’minoti. Qulay va xavfsizlik kafolati.
2024-yilda Buxoro "Issiqlik manbai" DUK tarkibidagi 4 ta qozonxonada rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi. Kogon shahridagi "RK-3", "RK-Markaz" va "Hamza" qozonxonalari shular jumlasidandir.
Davlat dasturi doirasida 46 ta ko‘p kvartirali uylar hamda 8 ta ijtimoiy soha obyektlariga sifatli issiqlik energiyasi yetkazib berildi. Xususan, yana 52 ta ko‘p kvartirali uylardagi 1 234 xonadonlarni markazlashgan issiqlik ta’minotiga ulash imkoniyati yuzaga keldi.
Hozirda buyurtmachi Buxoro viloyati hokimiyati huzuridagi “Ko‘p kvartirali uylarni joriy va mukammal ta’mirlash” DUK tomonidan markazlashgan issiqlik energiyasi bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan ko‘p kvartirali uylarning ichki issiqlik tizimini tiklash ishlari amalga oshirilmoqda.