21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni
O’zbek tili - millatimizning ma’naviy boyligi hisoblanadi. Ota-bobolarimizning tanti va samimiy gurunglari, onalarimizning mehr to’la allalari bilan bunyod bo’lgan, qon-qonimizda singgan ona tilining qadri va qimmati har narsadan baland. Zero, til bor - millat bor!
Shubhasiz, o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o‘rtasidagi ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik til orqali namoyon bo‘ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvalo, ona tilining betakror jozibasi bilan singadi. Xalqimiz tafakkurining ko‘zgusi bo‘lgan ushbu bebaho ne’matni asrab-avaylash va rivojlantirish bugungi kundagi eng katta vazifalarimizdan biridir. Boisi til faqatgina jamiyat bilan birgalikda rivojlanadi.
Aziz yurtdoshlar, sizlarni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy tabriklab, barchangizga mustahkam salomatlik, oilangizga qut-baraka, tinchlik va xotirjamlik tilayman!
Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vaziri v.b
Sherzod Hidoyatov