UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси

Янгиликлар

3-Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida tashkil etilgan "Katta Toshkent: Citydan Yangi Toshkent sari" nomli xalqaro anjumani

Ma’lumki, Toshkent bunyodkorlik salohiyatini kashf etib borayotgan haqiqiy megapolisga aylanmoqda. Uning jahon bozoriga birinchi qadami Toshkent shahrining arxitekturaviy qiyofasi va urbanizatsiyasini rivojlantirish loyihasi bo‘lib, u poytaxt murakkab rivojlanish konsepsiyasini amalga oshirish mumkinligini yaqqol ko‘rsatdi. Keyingi qadam 2 million nafardan ortiq aholi uchun qulay va zamonaviy muhit yaratishga qaratilgan "Yangi Toshkent" loyihasi bo‘ldi.

Yangi Toshkent shahrining o‘ziga xosligi nimalarda namoyon bo‘ladi?  Uni barpo etishda qo‘llanilayotgan innovatsion yechimlar nimalarda ko‘rinadi? O‘zbekistonga xalqaro sarmoya va tajribani jalb qilishda, investitsion jozibadorlikni oshirishda “Yangi Toshkent”ning ahamiyati qanday bo‘lishi kutilmoqda? 

3-Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida tashkil etilgan "Katta Toshkent: Citydan Yangi Toshkent sari" nomli xalqaro anjumandan ayni shu singari savollarga javob topish, xalqaro ekspertlarning fikr-mulohazalari bilan tanishish maqsad qilingan.

Anjumanda Qurilish va uy-joy kommunal xójaligi vaziri órinbosari D.Adilov, Toshkent shahri hokimi òrinbosari Sh.Rahmonov, Osiyo taraqqiyot bankining xususiy sektor masalalari bóyicha mintaqaviy rahbari E.Pinali, “Cross Works” kompaniyasi ijrochi direktori H.Agka va boshqa qator mutaxassislar mamlakatimizda xorijiy investorlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida fikr yuritdilar. 

Dastlab Qurilish va uy-joy kommunal xójaligi vaziri órinbosari D.Adilov sózga chiqib, mamlakatimizning bunyodkorlik sohasida amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar xususida tôxtaldi.