UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Aholi murojaati doimiy e’tiborda

Fuqarolarning turmush sharoitini yaxshilash hamda ularning muammo va masalalariga ijobiy yechim topish maqsadida Toshkent viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi tomonidan qator chora- tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Toshkent viloyati Bekobod tumani "Istiqlol" MFY hududida joylashgan ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqarolar bilan suhbat olib borildi. Ma’lum bo’lishicha, bu yerda yashovchi xonadon egalarini  kanalizatsiya tarmoqlardagi muammolar tashvishga solib kelmoqda.

O’rganish ishlaridan so’ng ushbu hududdagi ko‘p qavatli uylarga xizmat ko‘rsatuvchi “Umid dur marjon” BSK tomonidan mazkur muammo hal etildi. Hududlarda shu kabi o’rganish jarayonlari davom etmoqda.