UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Aholi murojaatlari qabul qilinmoqda

Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlariga alohida e’tibor qaratib kelinadi. 

Xususan, kommunal soha aholining birlamchi ehtiyojlari bilan bog’liqligi inobatga olinib, haftaning juma kunlari vazir o’rinbosari Ozoda Jo’rayeva ishtirokida qabul o’tkazib kelinmoqda.

Ayni damda bo’lib o’tayotgan qabulda ham Toshkent shahrining bir qator tumanlaridan kelgan murojaatchilarning boshqaruv organi faoliyati, noqonuniy qurilmalar, reyestr va billing tizimlariga oid muammolari qabul qilinmoqda.

Hozirgacha qabul qilingan murojaatlarning 4 tasi qabul davomida ijobiy hal etildi, 2 ta murojaat joyiga chiqqan holda o’rganilishi va qonuniy bartaraf etilishiga kelishib olindi.