Аholiga davlat xizmatlari koʼrsatishni yaxshilash bo’yicha qanday ishlar amalga oshirildi?
Аholiga davlat xizmatlari koʼrsatishni yaxshilash bo’yicha qanday ishlar amalga oshirildi?
“Shaffof qurilish” axborot tizimida qurilish va uy-joy kommunal xoʼjaligi sohasidagi 16 ta davlat xizmatlari to’liq raqamlashtirildi.
Natijada aholi va biznes vakillarining uydan chiqmasdan ushbu xizmatlardan foydalanishlari uchun qulay imkoniyat yaratildi. Shuningdek, xizmat koʼrsatishda qogʼozbozlik va ortiqcha ovoragarchilikka chek qoʼyildi.
Ma’lumot o’rnida aytish mumkinki, hozirga qadar qurilish sohasida davlat xizmatlaridan foydalanish uchun 600 000 dan ortiq ariza kelib tushdi va ulardan 380 000 dan ortigʼiga ruxsatnoma va ijobiy xulosalar berildi.
Davlat xizmatlari sohasiga axborot kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi sabab qurilishga ruxsat olish uchun ketadigan umumiy vaqt qisqardi.
Shuningdek, davlat xizmatini koʼrsatishga mas’ul boʼlgan hududiy boshqarma va boʼlimlar ustidan masofaviy komplayens nazorati oʼrnatildi.