Amaliy bilim – haqiqiy maydonda
Kompetensiyani rivojlantirish institutining Samarqand hududiy filialida 23-mavsum tinglovchilari uchun amaliy mashg‘ulotlar boshlandi.
Shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, mualliflik nazoratini olib borish, loyiha bosh muhandisi va loyiha bosh arxitektorlari darslarni real qurilish jarayonlari bilan bog‘liq holatda davom ettirishyapti.
Amaliy mashg‘ulotlar zamonaviy loyihalar asosida ilg‘or texnologiyalar qo‘llanilgan qurilish maydonlarida tashkil etilmoqda.
Tinglovchilar nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, real loyiha jarayonlari bilan tanishish va sohadagi zamonaviy yondashuvlarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishyapti.
Institut soha mutaxassislarini bilim va amaliy ko'nikmalarini oshirish yo'lida izchil harakat qilmoqda.