UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Andijon shahri 6-kichik dahada joylashgan 16 qavatli turar joy binolarida isitish qozonlari ishlamayotganligi yuzasidan (MUNOSABAT)

 Ijtimoiy tarmoqlar orqali Andijon shahri 6-kichik dahada joylashgan 16 qavatli turar joy binolarida isitish qozonlari ishlamayotganligi yuzasidan bildirilgan murojaat (https://t.me/RevizoR7/2721) yuzasidan quyidagilar ma’lum qilinadi.

Mazkur manzilda joylashgan qozonxona “Xokan avtoinvest” MChJga qarashli boʻlib, kuz-qish mavsumida aholining taklifiga binoan autsorsing shartlari asosida Andijon viloyati “Issiqlik manbai”  DUK tomonidan xizmat koʻrsatib kelinadi. 

Joriy yilning 23-fevral kuni elektr tarmoqlarining yuqori kuchlanishidagi qisqa tutashuvlar oqibatida qozonlarni suv bilan ta’minlovchi 3 ta sirkulyatsion nasoslar ishdan chiqqan. 

Hozirda “Issiqlik manbai” DUK tomonidan mazkur nasoslarda ta’mirlash ishlari yakunlanib, qozonxona ishga tushirilgan.