UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

“BASTION” telegram kanali orqali Andijon shahar 2-kichik daha 70-uyda yashovchi aholining murojaati yuzasidan Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi quyidagilarni maʼlum qiladi: 

Andijon shahar hokimining 2014-yil 24-sentabr hamda 2019-yil 9-oktabrdagi qarorlariga muvofiq “NEO STILL INVES” MCHJ 70-sonli koʻp qavatli turar-joy binosining qurilish-montaj ishlarini amalga oshirgan. 2020-yilning 17-iyulida inspeksiya tomonidan turar-joy binosining xonadonlari ichki pardozlash ishlari (suvash, boʻyash, devor sirtini qoplash) hamda santexnika, yuvish rakovinasi, issiq-sovuq suv aralashtirgich va elektr uskunalarisiz belgilangan tartibda ''korobka'' holatda foydalanishga qabul qilingan.  

Mazkur turar-joy binosiga olib keluvchi hamda uning atrofidagi yoʻl  va yoʻlaklar asfalt bilan qoplangan, kirish (podyezd) qismlariga elektr uzatish qutilari oʻrnatilgan. Shu bilan birga xonadonlar asosiy kirish eshiklari va derazalari, zina maydonlari panjaralari, lift qurilmasi oʻrnatilgan. 

Obyektning oldi fasad, atrof devor va tom qismlari qurilishi yakunlanib, tabiiy gaz, ichimlik, oqova suv va elektr tarmogʻiga ulangan. 

Biroq mulkdorlar tomonidan xonadonlarda olib borilgan pardozlash hamda notogʻri ekspluatatsiya qilish ishlari natijasida kirish (podyezd) qismlarining ichki devor va zina maydoni panjaralari taʼmirtalab holatga kelib qolgan.  

Oʻrganish natijasida turar-joy binosiga oʻrnatilgan 2 ta lift qurilmalarining 1 tasi haqiqatda bugungi kunda ishlamayotganligi maʼlum boʻldi. 

Uy mulkdorlari hech qaysi boshqaruv tashkiloti bilan shartnoma imzolamagan, ya’ni boshqaruvsiz uy hisoblanadi. Turar joy tegishli tartibda ekaspluatatsiya qilinmaganligi bois hozirda shu ahvolga kelib qolgan.

Mutasaddilar ayni kunlarda mazkur uyni hududda samarali faoliyat olib borayotgan boshqaruv tashkilotiga biriktirish hamda aholi orasida koʻp kvartirali uylarni saqlash yuzasidan targʻibot ishlarini amalga oshirmoqdalar.