Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

'Kompor.uz'' telegram kanalida e'lon qilingan holat Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan o‘rganib chiqilgan.
Andijon shahri ''Mustaqillik'' MFY Pushkin ko‘chasidagi “Andijon omad biznes” MChJga tegishli obyekt uchun Andijon shahar hokimining 2019-yil 28-dekabrdagi qarori asosida 9 qavatli 1-qavatini savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi, yuqori qavatlarini turar-joyga moslab qurish uchun yer ajratilgan.
U 2022-yil 17-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazilgan.
2023-yil 14-avgustda ruxsatnoma bilan obyektni yuqori qavatlari foydalanishga qabul qilingan, birinchi qavat noturar joylari esa hali foydalanishga qabul qilinmagan.
Hozirda ushbu noturar joylar foydalanishga qabul qilinmagani bois viloyat nazorat inspeksiyasi tomonidan tanqidda ko‘rsatilgan kamchiliklar nazoratga olingan.
Bolalar oʻyingohi va obodonlashtirish ishlari bo‘yicha ham mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar taqdim etilgan.

