Andijon viloyati QURILISH VA UY-JOY KOMMUNAL XO‘JALIGI SOHASIDA HUDUDIY NAZORAT QILISH INSPEKSIYASI (MUNOSABAT)

Andijon viloyati Andijon shahar "Nayzaqayrag‘och" MFY Tor Shodlik ko‘chasi 21-uyda yashovchi fuqaro G.Valiyevaning murojaati bo‘yicha fuqaro bilan bog‘lanilganda Andijon shahar Buxoro ko‘chasida “Shodlik grand building” MChJ tomonidan qurilayotgan ko‘p qavatli turar-joy binosidan uy-joy sotib olganligini ma’lum qildi.
Fuqaroning ushbu murojaatida ko‘rsatilgan turar-joy binosi belgilangan tartibda inspeksiyadan ro‘yxatdan o‘tgan va qurilish-montaj ishlari amalga oshirilmoqda.
Ammo hali buyurtmachi-pudratchi “Shodlik grand building” MChJ tomonidan obyektni foydalanishga topshirish yuzasidan DXM orqali inspeksiyaga murojaat qilinmagan. Bugungi kunda turar-joyda qurilish-montaj ishlari yakunlanmaganligi sababli obyekt inspeksiya tomonidan foydalanishga qabul qilinmagan.
Murojaatda keltirilgan masala ya’ni uy-joyni belgilangan muddatda topshirmaslik holatini hal etish nazorat inspeksiyasi vakolatiga kirmaydii. Fuqaroga mazkur muammo yuzasidan tegishli sud idoralariga murojaat etishi mumkinligi tushuntirildi.

