Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

“BASTION” telegram kanali orqali e'lon qilingan “Yangi Andijon massivida qurilgan uy-joylar inson yashashi uchun yaroqsiz!” nomli tanqid yuzasidan viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi quyidagilarni ma'lum qiladi:
Andijon tumani "Doʻng qishloq" MFY hududidagi “Yangi Andijon” massivida “RMI EMPIRES" MCHJ tomonidan qurilgan 5 qavatli 20 xonadonli turar-joy binosi qurilishi belgilangan tartibda 2022-yil mart oyida inspeksiya roʻyxatidan oʻtkazilgan.
Bugungi kunda mazkur turar-joy binosidagi holat boʻyicha Andijon viloyati Andijon tuman Prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar oʻtkazilayotganligi sababli masalaga sud yechim berishini maʼlum qilamiz.

