Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (nazorat ishlari)
Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari tomonidan ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda nazorat tadbirlari tashkil etilmoqda.
Xususan, Paxtaobod tumani "Sangraobod" MFY hududidagi 5-umumta'lim maktabini rekonstruksiya qilish hamda qo’shimcha 3 qavatli o'quv binosini qurish obyekti o'rganilganda sifatsiz ora yopma plitalar olib kelinib, montaj qilinganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik yuzasidan qurilishning mas'ullariga elektron yozma ko'rsatmalar berilib, sifatsiz plitalar bo'yicha ishlab chiqaruvchiga taqdimnoma kiritildi hamda ora yopma pilitalar buzdirilib, ishlab chiqaruvchi korxonaga qaytarildi.




