Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
“BASTION” telegram kanalida e'lon qilingan holat boʻyicha Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan olib borilgan oʻrganish ishlari olib borildi.
Masala yuzasidan pudratchi tashkilot vakili bilan gaplashilganda, ushbu hududda maishiy ishlab chiqarish (trikotaj) binosi qurilayotganligi sababli oʻrtadagi yashil makonga ajratilgan yer maydonidan vaqtinchalik yuk tashish transportlari kirib chiqayotganligi, qurilish tugagandan soʻng manzarali daraxtlar ekilib, toʻlaligicha yashil makonga aylantirilishi maʼlum boʻldi.
Ma'lumot uchun, obyekt 2023-yil 28-iyul kuni tegishli tartibda ro'yxatdan o'tgan va doimiy nazorat ishlari olib borilgan.


