UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida  hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida  hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan telegram ijtimoiy tarmogʻining “Bastion” kanalida tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi:

Andijon shahri Soy mahallasi Nayman koʻchasida qurilayotgan 2 qavatdan kam boʻlmagan turar-joy (1 qavati noturar joy) binosining qurilish-montaj ishlari fuqaro X.Karimov tomonidan birlamchi shaharsozlik hujjatlari tayyorlangan holda hududiy inspeksiya roʻyxatidan oʻtmasdan boshlangan. 

Oʻrganish jarayonida nspeksiya tomonidan qurilish sohasidagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar va ularda belgilangan talablar haqida masʼullarga toʻliq tushuncha berilgan va qurilish-montaj ishlari toʻxtatilgan. Holat hududiy inspeksiya tomonidan tegishli tartibda nazoratga olingan.