Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)
Andijon shahri "Oʻzbegim" MFY "Mashrab" koʻchasi 1-manzilda "MK CONSTRUCTION 786" MCHJ tomonidan qurilishi rejalashtirilgan mavjud savdo va maishiy xizmat binolarini buzib, oʻrniga 1 ta 5 qavatli turar joy (mansarda bilan) qurish hamda 1 ta 2 qavatli turar joy (mansarda bilan) obyekti bo'yicha tarqalgan xabar yuzasidan quyidagilar ma'lum qilinadi:
Obyekt Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan 2025-yil 20-fevralda roʻyxatdan oʻtkazilgan. Belgilangan tartibda ekspertizaning ijobiy xulosalari olingan hamda qurilish-montaj ishlari tasdiqlangan loyiha hujjatlari asosida amalga oshirilgan.
Ma'lumot uchun, hali hududiy inspeksiya tomonidan obyektlardan foydalanishga ruxsat berilmagan va uni shartnomada koʻzda tutilgan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan kelib chiquvchi nizoli vaziyatlarni hal etish vakolatimizga kirmasligini maʼlum qilamiz.