UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

Telegram mesenjerining “BASTION” kanalida tarqalgan Andijon tumani "Oyjamol" MFY "Oyjamol" koʻchasi 500-manzilda "GS-SRTOY" MCHJ tomonidan qurilishi olib borilayotgan koʻp qavatli uydagi holat joyida oʻrganildi. Mazkur koʻp qavatli turar joy uchun barcha shaharsozlik hujjatlari rasmiylashtirilib, 2024-yil 29-dekabrda tegishli tartibda Andijon viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasidan roʻyxatdan oʻtgan. 

Inspeksiya mutaxasislari tomonidan obyektda doimiy nazorat ishlari olib borilib, aniqlangan kamchilik va qoidabuzarliklar yuzasidan bino hamda inshootlarning zilzilabardoshliligiga taʼsir qiluvchi, shuningdek, inson salomatligiga va hayotiga tahdid soluvchi konstruktiv huquqbuzarliklar aniqlangan hollarda qurilish-montaj ishlarini toʻxtatib turish va demontaj ishlarini amalga oshirishni talab qilib, 2025-yil 10-fevral kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlarga "GS-STROY" MCHJ mansabdor shaxslariga nisbatan qonuniy chora koʻrish boʻyicha da'vo arizasi kiritilgan.