UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidan nazorat qilish inspeksiyasi (MUNOSABAT)

“UZGLOBAL TV” kanali orqali koʻrsatilgan tanqidiy holat Andijon viloyati qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan oʻrganib chiqildi.  

Maʼlum boʻlishicha, Andijon shahri A.Fitrat koʻchasi 52/a-manzilida joylashgan ushbu obyekt “Best Impeks Tekstil” MCHJ tomonidan qurilgan. Koʻp qavatli turar-joy binosi qurilishi uchun Andijon shahar arxitektura va qurilish boʻlimining tegishli ruxsatnomasiga asosan meʼmoriy rejalashtirish topshirigʻi ishlab chiqilgan. Loyiha hujjatlari rasmiylashtirilgach,  2018-yil 12-dekabrda ijobiy ekspertiza xulosasi ham olingan. Shuningdek, 2019-yil 18-iyunda hududiy nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan ruxsatnoma berilgan. 2020-yil 29-sentabrda obyekt qurilishi yakunlangan va foydalanishga qabul qilingan. Mazkur turar-joy binosida bugunga qadar joriy taʼmirlash ishlari olib borilmagan. Aniqlanishicha, binoning sokol qismida yogʻingarchilik sabab suvoqlarda yoriqlar yuzaga kelgan. Biroq yuk koʻtaruvchi konstruksiyalariga ziyon yetmagan.  

Tekshiruvlar davomida buyurtmachi-pudratchi tashkilotning koʻp qavatli turar-joy binolarini qurish boʻyicha barcha shaharsozlik hujjatlarini rasmiylashtirganligi maʼlum boʻldi.  Jumladan, “OʻzshaharsozlikLITI” Andijon filiali tomonidan ishlab chiqilgan loyiha va “Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUK Jizzax filialining ijobiy xulosasi hamda  qurilishda nazorat inspeksiyasining ruxsatnomasi asosida 12 ta 10 qavatli turar-joy binolarini qurish ishlari amalga oshirilgan.  Ammo qurilish davomida 22 ta holat  boʻyicha bartaraf etilishi shart boʻlgan 15 ta yozma koʻrsatma berilgan.

Xususan,  buyurtmachi-pudratchi tashkilot rahbariga, texnik nazoratchi, ichki nazoratchi hamda mualliflik nazoratchilariga  intizomiy choralar koʻrish boʻyicha taqdimnomalar kiritilib, Oʻzbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi” Kodeksining tegishli moddalariga asosan javobgarlik choralari koʻrilgan.  Hozirda obyektda aniqlangan qoidabuzarliklar bartaraf etilgunga qadar qurilish-montaj ishlari toʻxtatilgan.