Andijon viloyati Shahrixon tumani ''Shahrixonlik'' MFY Amir Temur ko'chasidagi noqonuniy qurilma to'g'risida (MUNOSABAT)

Andijon viloyati Shahrixon tumani ''Shahrixonlik'' MFY Amir Temur ko'chasidagi murojaatda ko‘rsatilgan qurilmalar o'rganilganda tuman Madaniyat va istirohat bog'iga kirish qism - lotok arig‘ining ustiga 6,0 kv metr yer maydonida fuqaro I.Parpiyev tomonidan "Cofeteria" qurilmasi o'rnatib olinib, aholiga qahva sotuvini tashkil etgani aniqlandi.
Jarayonda ushbu qurilmani o'rnatish uchun ruxsat etuvchi hujjatlar mavjud emasligi aniqlanib, joyida noqonuniy qurilmani bartaraf etish to'g'risida ogohlantirildi. Qurilma fuqaroning o'z hisobidan buzdirildi va yer maydoni bo'shatib qo'yildi, xususan, mas'ullarga qonuniy tartibda tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, murojaatda ko'zda tutilgan ikkinchi noqonuniy qurilma o‘sha hududdagi Shahrixonsoy qirg'og'i va ko'prik ustki qismiga "Elit prof servis" MChJ tomonidan Shahrixon tumani hokimining Farmoyishiga asosan o'ziga tegishli bo'lgan yer maydoniga qo'shni bo'lgan va ko'prik ustki qismida A.Halilov tomonidan somsaxona va oyoq kiyimlari sotish shoxobchasini o'rnatib olib, faoliyat ko'rsatib kelayotgani aniqlandi.
Fuqaroga noqonuniy qurilmalarini bir kunlik muddatda o'z hisobidan buzib tashlashi kerakligi, aks holda ma'muriy jarimaga tortilishi to'g'risida ogohlantirildi.

