UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Andijon viloyatida faoliyat yurituvchi loyiha va qurilish-pudrat tashkilotlari bilan oʻtgan bugungi tadbirda tashkilot vakillarini qiynayotgan koʻplab masalalarga oydinlik kiritildi, samarali yechimlar topildi, munosib takliflar qabul qilindi

Ochiq muloqotda yig'ilganlarning sohaga doir ko'plab masalalari atroflicha muhokama qilindi. Qurilish tashkilotlaridan vakillar agar tashkilot obyektlarni belgilangan muddatdan kechiktirib topshirgan bo'lsa, mazkur holat ham reyting ballarini shakllantirishda inobatga olinishi xususida qiziqishdi. 

Shuningdek, loyiha tashkilotlari vakillari:
-  xususiy ekspertiza tashkiloti tomonidan berilgan ijobiy xulosalarni ham reyting ballarini shakllantirishda inobatga olish;
- "open budjet" obyektlarini loyihalashtirishda loyihalash topshirig'iga ilova qilinadigan hujjatlarni buyurtmachi tomonidan tayyorlab berilmayotganligi sababli moderatorni belgilash;
- loyiha tashkilotlariga har bir yutib olingan obyekt bo'yicha  qo'llanilayotgan chegirma ballarni obyektning qiymatiga qarab qayta ko'rib chiqish singari takliflarni ilgari surishdi.

Shuningdek, ochiq muloqotda ishtirok etayotgan qurilish-pudrat tashkilotlari vakillari tomonidan reyting ballarini shakllantirishda qurilish texnikalarini ishlab chiqarilgan yiliga qarab baholash taklifi bildirildi. O'z o'rnida mutaxassislar tomonidan mazkur taklifning ko'rib chiqilishi ma'lum qilindi.

Andijon viloyatida faoliyat yurituvchi loyiha va qurilish-pudrat tashkilotlari bilan oʻtgan bugungi tadbirda tashkilot vakillarini qiynayotgan koʻplab masalalarga oydinlik kiritildi, samarali yechimlar topildi, munosib takliflar qabul qilindi. 

Samimiy ruhda o'tgan muloqotdan so'ng loyiha va qurilish-pudrat tashkilotlari vakillari tomonidan joylarda bu kabi ochiq muloqotlarning o'tkazilishi qurilish tashkilotlari faoliyatining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyatga egaligi ta'kidlandi. Foydali maʼlumotlar, berilgan xolis tavsiyalar, eng muhimi davlat idorasi va tadbirkor oʻrtasidagi oʻzaro ishonchga, manfaatga asoslangan uchrashuv uchun minnatdorlik bildirdilar.