UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

ARNASOYDA JAMOAT PARKI QURILISHIGA TAMAL TOSHI QOʻYILDI

 Mamlakatimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami arafasida Gʻofur Gʻulom MFY hududida jamoat parki qurilishiga tamal toshi qoʻyildi.

Tadbir avvalida davlatimiz barqarorligi, xalq farovonligini tilab duo-fotihalar qilindi. Marosimda ishtirok etganlar oʻzlarining ezgu tilaklarini oq qogʻozga yozib qoldirishdi.

Ushbu parki 4,5 gektarni oʻz ichiga olib, “Jizzax tadqiqot” loyihachi tomonidan qurilish ishlari ikki bosqichda amalga oshiriladi. Mazkur loyihaga 30 milliardga yaqin mablagʻ ajratilishi koʻzda tutilgan.

 Kelgusida aholining madaniy dam olishi uchun ushbu jamoat parkida amfiteatr, basseyn va qayiqlari, savdo doʻkonlari, bolalar uchun batutlar, piyodalar yoʻlakchalari, mehmonxona hamda avtoturargohlar barpo etiladi.