UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Asakada zamonaviy turar joylar aholiga tantanali topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi yurtimiz bo‘ylab ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda. Shu qutlug‘ sana arafasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari natijasida hududlar qiyofasi yangilanib, aholiga mo‘ljallangan zamonaviy turar joy majmualari foydalanishga topshirilmoqda.

Shunday loyihalardan biri Andijon viloyati Asaka tumanida bunyod etilgan “Yangi O‘zbekiston” turar joy massivida yangi xonadonlar o‘z sohiblariga taqdim etildi.

Tadbirda keng jamoatchilik vakillari, mahalla faollari, nuroniylar hamda qurilish tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etdi. Mazkur majmua aholining turmush darajasini oshirish, qulay yashash muhitini shakllantirish hamda hududlarni kompleks rivojlantirishga xizmat qiluvchi izchil islohotlarning amaliy ifodasi sifatida e’tirof etildi.

— Mustaqillik bayrami arafasida shunday zamonaviy uyga ega bo‘lganimizdan juda mamnunmiz. Davlatimiz yaratib berayotgan imkoniyatlar uchun minnatdormiz. Endi oilamiz bilan farovon hayot kechirishimizga barcha sharoitlar bor,-deya yangi xonadon sohiblari o‘z quvonchlarini yashira olmadilar. 

Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilgan ushbu 234 xonadondan iborat 9 qavatli yangi uylar xalqimizga munosib tuhfa bo‘ldi.