UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Эълонлар

Axborot xizmati rahbarlari faoliyati baholandi: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi TOP-3likda

Axborot xizmati rahbarlari faoliyati baholandi: Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi TOP-3likda.

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan e’lon qilingan navbatdagi reyting natijalariga ko‘ra Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi axborot xizmati 21 ta vazirlik orasida 3-o‘rinni egalladi.

Baholash 2024-yil yakunlariga ko‘ra “Ochiqlik indeksi”ning asosiy indikatorlari asosida amalga oshirilgan bo‘lib, unda jami 150 nafar matbuot kotibi ishtirok etdi. Ularning faolligi, ochiqlikka sodiqligi, OAV bilan ishlash sifati va dolzarb masalalar bo‘yicha axborot berishdagi yondashuvlari e’tiborga olindi.

Bu natija – bizga bildirilgan ishonchdir. Shu bilan birga bu bizning har bir xabar, har bir savol va murojaat ortida jamoatchilik ishonchi turganini unutmasligimiz kerakligini yana bir bor eslatib turadi.