UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Ayni paytda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasida “Munozara maydoni” boshlandi

Klubning bu galgi sessiyasida Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi mutaxassislari ham ishtirok etmoqda.

Tadbirda qurilish sohasiga oid murojaatlar — noqonuniy qurilishlar, shaharsozlik me’yorlarining buzilishi, fuqarolarning uy-joy va mulk huquqlari bilan bog‘liq masalalari muhokama qilinadi.

Shuningdek, noqonuniy qurilishlar ko‘lami va kelib chiqish sabablari, qonunchilikdagi bo‘shliqlar, davlat idoralari o‘rtasidagi vakolat taqsimoti va muvofiqlashtirish, sud hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar amaliyotidagi muammolar, shaffoflikni ta’minlash va fuqarolar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha amaliy takliflar ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan.