Ayni paytda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov Qashqadaryo viloyatida boʻlib turibdi
Ayni paytda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari Toir Alimatov Qashqadaryo viloyatida boʻlib turibdi.
Bugun boshqa hududlarda boʻlgani kabi vohada ham qurilish bunyodkorlik ishlari avj pallasiga chiqqan. Xususan, viloyatning Koson, Yakkabogʻ va Qarshi tumanlarida yuzlab uy-joylar, ijtimoiy soha obyektlari qurilmoqda va bu minglab odamlarning ogʻirini yengil qilmoqda.
Bu yerda gap davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan boshlangan “Yangi Oʻzbekiston” massivlarini qurish haqida bormoqda. Vazir oʻrinbosari viloyatga tashrifi chogʻida ana shunday massivlar qurilishini koʻzdan kechirdi.
Dastlabki manzil Koson tumanidagi “Doʻslik” MFY da qurilayotgan massiv boʻldi. Hududda 2022-2023-yillarda jami 32 ta uy-joylar qurilish reja qilingan. Bugungi kunda 17 ta koʻp qavatli uy oʻz egalariga topshrilgan.
Shuningdek, 330 oʻrinli maktab, 150 oʻrinli bogʻcha hamda 100 qatnovli poliklinikada ham qurilish ishlari davom etmoqda. Toir Alimatov qurilish ishlarining bugungi ahvoli bilan tanishar ekan, yoʻl qoʻyilgan ayrim kamchiliklarni ham tahlil qildi va qurilish pudrat tashkilotlari vakillariga bu borada kechiktirib boʻlmaydigan zarur topshiriq va koʻrsatmalar berdi.




