UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

Ayni paytda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruh Fargʻona viloyatida boʻlib turibdi

Ayni paytda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari Toir Alimatov boshchiligidagi ishchi guruh Fargʻona viloyatida boʻlib turibdi. Dastlabki manzil Fargʻona shahrining Navoiy koʻchasida joylashgan 25-umumtaʼlim maktabi. Muassasada qish mavsumiga koʻrilgan hozirlik, kommunikatsiya tarmoqlarning holatlari tahliliy oʻrganilmoqda. Albatta bu yerda bajarilgan ishlar qatori yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar ham yoʻq emas.  Vazir oʻrinbosari ushbu masalalarni tezkorlik bilan hal etish yuzasidan masʼullarga topshiriq berdi. Maʼlum boʻlishicha maktab yonida 8 qavatli turar-joy binosi ham qurilgan. Biroq ushbu inshoot belgilangan shaharsozlik norma va qoidalariga javob bermaydi. Shuningdek, avtoturargoh va shu kabi boshqa talablar ham hisobga olinmagan. Oʻrganish ishlari davom etmoqda.