UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Маслаҳат-Кенгаши томонидан амалга оширилган ишлар

Ayoli e’zozlangan yurtda qut-baraka bo‘ladi

Mamlakatimizda onaga, ayolga alohida ehtirom ko‘rsatib kelinadi. Bu bejiz emas. Zero, ayol yelkasida farzand tarbiyasi, uy-ro‘zg‘or tashvishi bilan birga hayotning turli qiyinchiliklarini sabr-bardosh bilan yengib o‘ta olishdek mushkul vazifasi bor.

Shu bois mamlakatimizda xotin-qizlarning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi hamda Bojxona qo‘mitasining mas’ullari Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani "Ehtirom" mahallasidagi  "Farhod Muruvvat nogironligi boʻlgan ayollar uchun internat uyi" da bo'lib, mazkur uyda yashovchi ayollar holidan xabar oldilar.

Mana shunday xayriya tadbirlarni tashkil etish orqali e'tibor va ijtimoiy yordamga muhtoj ayollarning madaniy hayotdagi faol ishtirokini taʼminlash maqsadida suhbat davralari tashkil etildi. Ularni qiynayotgan muammo va kamchiliklar qabul qilindi. Shuningdek, ayollarga zarur bo'lgan vositalar va esdalik sovg'alari topshirildi