Bayramga tuhfa: Sherobodda ko‘p qavatli turar joy majmuasi foydalanishga topshirildi
Bayramga tuhfa: Sherobodda ko‘p qavatli turar joy majmuasi foydalanishga topshirildi
Aholini turar joylar bilan ta’minlash maqsadida Sherobod tumanida 70 ta xonadonli uy-joylar majmuasi foydalanishga topshirildi. Tumanning "Do‘stlik" mahallasida qad rostlagan ushbu uylarning ochilish marosimida tuman mutasaddilari, nuroniylar va faollar ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar barchani Yangi yil bayrami bilan muborakbod etib, bu kabi loyihalarningamalga oshirilishi tuman ko‘rkiga ko‘rk qo‘shishi bilan birga aholining yashash sharoitlarini yanada yaxshilashga xizmat qilishini aloihida ta'kidladilar.