Bayramga tuhfa: Surxondaryoda 60 ta obyekt foydalanishga topshirildi
Bugun Konstitutsiyamizning o‘ttiz ikki yilligi arafasida viloyat Bolalar kutubxonasining yangilangan binosi foydalanishga topshirildi.
Shuningdek, shu yerning o‘zida zoom platformasi orqali viloyat bo‘ylab, xalqimizga bayram tuhfasi sifatida 60 ta, xususan, 16 ta maktab, 2 ta bog‘cha, 11 ta tibbiyot muassasalari, 16 ta uy-joylar, 73 kilometr uzunlikdagi 9 ta yo‘l, 1 ta 8,6 kilometrlik ichimlik suvi va 5 ta irrigatsiya obyektlari hamda ko‘p qavatli uylar foydalanishga topshirildi.
Eslatib o'tamiz, joriy yilning o‘tgan davrida jami bajarilgan qurilish ishlari hajmi 9,3 trln so‘mni tashkil etdi. Yangi yil bayrami arafasida vohada yana 50 ta qurilish obyektlari foydalanishga topshiriladi.