UZ
RU
Ўзбекистон Республикаси Қурилиш ва уй-жой
коммунал хўжалиги вазирлиги
Ишонч телефони
1298
Электрон манзил
info@mc.uz
Сайт харитаси
Вазирга мурожаат

Янгиликлар

BAZALT TOSHINI QAYTA ISHLAB, ISSIQLIK SAQLOVCHI PLITALAR ISHLAB CHIQARISHGA IXTISOSLASHTIRILGAN “KHOREZM INSULATION GROUP” QO‘SHMA KORXONASIDA PRESS-TUR

Bazalt izolyatsion plitalaridan qurilish binolarining qaysi qismlarida foydalanish mumkin? 

Binoning tom qismida — mahsulotdan foydalanish orqali yozning jazirama kunlarida quyosh nuri ta'sirida tom qismining qizishi oldi olinadi. Natijada ichki xonalarga issiqlik o’tishi 45% gacha qisqaradi. Qishning sovuq kunlarida esa ichki xonalardagi issiq havo massasi 50% gacha saqlab qolinadi.

Binoning pol qismida — bazalt plitalari pol qismini zaxlanishdan va pastki/yuqori qavatlardagi tovushlardan himoya qiladi. Ko’p qavatli uylar uchun muhim hisoblangan ushbu afzallik ichki xonalarda qo’shimcha qulaylik yaratadi.

Binoning fasad qismida — tashqi issiq yoki sovuq havoning binoga ta’sirini qisqartiradi va ichki xonalarda mo’tadil harorat yaratadi.

Binoning ichki xonalarida — xonalardagi tovushning boshqa xonalarga ta’sirini keskin to‘xtatadi.

Ma'lumot uchun, bazalt izolyatsion plitlari bilan qoplangan bino teng yarim ya’ni 2 baravar kam elektr sarflaydi. Qishning sovuq kunlarida isitish tizimlariga va yoz kunlarida sovitish tizimlariga bo’lgan talabni sezilarli qisqartiradi.


OAV vakillari bilan muloqotda korxonaning boshqaruv holdingi shuningdek, bazalt toshidan kompozit armatura va kompozit to'rlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yganligi ta'kidlandi.

Shu qatori ayni paytda holding tarkibidagi "Geotex" korxonasida yiliga 15 ming tonna geotekstil mahsuloti ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ham ishlar olib borilayotgani ma'lum qilindi. Ma'lumot uchun, geotekstil mahsuloti yo’l qurilish sohalarida keng qo'llaniladi. 

Qiziqarli jarayonlarga boy tarzda o'tgan press-tur davomida izolyatsion mahsulotning afzalliklari amalda sinovdan o'tkazildi. Jurnalislar va qurilish sohasi vakillarining korxona faoliyati, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga oid qo'shimcha savollariga batafsil javob berildi.