Bino devorlari buzdirildi...
Namangan viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat qilish inspeksiyasi qurilish sinov laboratoriyasi xodimlari tomonidan Yangi Namangan tumani Furqat mahallasi hududida “Shabnam betakror qurilish” MCHJ tomonidan barpo etilayotgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalarini o‘z ichiga olgan ko‘p qavatli turar joy binosida monitoring ishlari o‘tkazildi.
O'rganish jarayonida binoning orayopma temir beton plitalaridagi oraliq choklar beton qorishmasi bilan to‘ldirilmagani, bino qavatlaridagi parda devorlar loyiha talabi asosida bajarilmagani, oraliq g‘isht terish ishlarida gorizontal, vertikal choklar sementli qorishma bilan to‘ldirilmagani va choklarning masofaviy o‘lchamlari saqlanmagani aniqlandi.
Shu bois inspeksiya mas'ullari tomonidan joyida kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida devorlar va sifatsiz bajarilgan g‘ishtlar buzdirildi hamda kelgusida bunday kamchiliklarni qayta takrorlamaslik bo‘yicha yozma ko‘rsatmalar berildi.